O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlar soni 34 foizga kamaydi
O‘zbekistonda 2023 yilda favqulodda vaziyatlar soni 34 foizga kamayishiga erishildi. Bu haqda FVV boshqarma boshlig‘i Furqat Abduqodirov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2023 yilda sel toshqinlari oldini olish bo‘yicha 211 ta maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazilib, 105 kmdan ortiq masofada ichki ariq va magistral kanallar tozalandi.
Shuningdek, joriy yilda yangi qurilgan 12 ta va kapital ta’mirlangan 4 ta jami 16 ta yong‘in-qutqaruv qismi foydalanishga topshirildi.
Shu bilan birga, 50 ga yaqin yong‘in o‘chirish va maxsus avtomobillar sotib olinib, xizmatga jalb etildi.
Ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot ishlarini tashkil etish yuzasidan jami 13 024 ta teleko‘rsatuv, 264 140 ta radioeshittirish, gazeta va jurnallarda 6 509 ta maqolalar, veb-saytlarda 31 614 ta material joylashtirildi.
Mavzuga oid
10:46 / 15.11.2024
Qoidabuzarlik qilgan FVV avtomobili haydovchisi jarimaga tortildi
19:07 / 12.11.2024
FVV avtomobili vazirlik binosiga kirishda qo‘pol qoidabuzarlik qildi
20:46 / 07.11.2024
Prezident 10 ta sel suv ombori qurish ishlarini boshlashni buyurdi
15:57 / 07.11.2024