Chiqindi bo‘yicha qarzi borlarga ko‘chmas mulk va transport xarid qilishda bitim tasdiqlanmaydi
2024 yil aprel oyidan ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar chiqindini olib ketish xizmatlari uchun qarzdorlik bo‘lmagan taqdirdagina notarial tasdiqlanadi.
Qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish xizmati katta operatsiyalarni bajarish uchun qarzni to‘lash kerak bo‘lgan kommunal to‘lovlar ro‘yxatiga kiritilmoqda.
Prezidentning 4 yanvardagi farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 yilning aprel oyidan ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar chiqindini olib ketish xizmatlari uchun qarzdorlik bo‘lmagan taqdirdagina notarial tasdiqlanadi.
Qarzning mavjudligi yoki yo‘qligi qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun majburiy to‘lovlarni to‘lash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi orqali onlayn tarzda tekshiriladi.
Tizimning uzluksiz ishlashiga Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi mas’ul bo‘ladi. Chiqindilarni utilizatsiya qilish xizmatlari va abonent hisobi uchun to‘lovlar faqat markazning billing tizimi, to‘lov tizimlari yoki bank kassa apparatlari orqali amalga oshiriladi.
Shu kundan boshlab barcha sanitariya tozalash korxonalari fuqarolarga yagona elektron tizimga ulangan holda xizmat ko‘rsatishi shart. Aks holda, ular bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilinadi, ular xizmat ko‘rsatgan hududlar esa davlat-xususiy sherikchilik asosida boshqa korxonalarga beriladi.
Avvalroq, 2024 yilning 1 iyunidan chiqindi xizmatidan qarzdorlik yuzaga kelgan taqdirda, elektr energiyasi uchun to‘lovlarni cheklash boshlanishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:38 / 30.10.2024
Italiyada farrosh ayol 50 ming yevrolik pul va taqinchoqlar solingan eski to‘shakni chiqindiga tashlab yubordi
11:46 / 30.10.2024
1 noyabrdan boshlab chiqindidan qarzi borlarga elektr uchun to‘lov qilish cheklab qo‘yiladimi?
12:10 / 29.10.2024
Toshkent viloyatida fuqaro o‘zi tashlagan chiqindini o‘zi tozaladi
14:50 / 25.10.2024