Jahon | 16:08 / 09.01.2024
6197
2 daqiqa o‘qiladi

Oq uyda Kiyevga zamonaviy qurollar yetkazish masalasi muhokama qilindi

Amerika mudofaa sanoati vakillari bilan uchrashuv mavzusi Ukrainaning Amerika ilg‘or harbiy texnologiyalaridan foydalanishi imkoniyati bo‘ldi.

Foto: Evan Vucci/AP/picture alliance

8 yanvar, dushanba kuni AQSh prezidenti ma’muriyatining yuqori mansabdor shaxslari Amerika mudofaa sanoati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv mavzusi Ukrainaning Amerika ilg‘or harbiy texnologiyalaridan foydalanishi istiqbollari bo‘ldi, deb yozadi Reuters Oq uyning yuqori martabali mulozimiga tayanib. 

«Suhbat bir qator tizimlar, jumladan, dronlar, shuningdek, dushman dronlariga qarshi kurash mavzulariga bag‘ishlandi. Bundan tashqari, minalardan tozalash masalasiga to‘xtaldi», dedi jurnalistlarga yig‘ilish ishtirokchilaridan biri. 

Tadbirda Milliy xavfsizlik kengashi a’zolaridan tashqari, mudofaa kompyuter tizimlariga ixtisoslashgan Palantir Technologies va Anduril Industries kompaniyalari, shuningdek, dronlar va ularga qarshi kurash vositalarini ishlab chiqaruvchi Skydio kompaniyalari vakillari ishtirok etdi. 

Agentlik ta’kidlaganidek, Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan yig‘ilishni «Ukraina jang maydonida olg‘a siljishi va dinamikasiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy texnologik qiyinchiliklarni yengib o‘tishida yordam olishiga yangi urg‘u berish» uchun tashkil qilgan.

https://www.dw.com/ru/v-belom-dome-obsudili-postavki-sovremennogo-oruzia-kievu/a-67924700

Mavzuga oid