Jahon | 11:57 / 09.01.2024
3405
2 daqiqa o‘qiladi

Shols YeI davlatlarini Ukrainaga yordamni kuchaytirishga chaqirdi

Berlin Kiyevni «kerak bo‘lgunicha» qo‘llab-quvvatlaydi, deya ishontirdi GFR kansleri. Ammo, uning so‘zlariga ko‘ra, bu Ukrainaning uzoq muddatli xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli bo‘lmaydi.

Foto: John Thys/AFP/Getty Images

Germaniya kansleri Olaf Shols Yevropa Ittifoqi davlatlarini Rossiyaning keng ko‘lamli hujumiga qarshilik ko‘rsatayotgan Ukrainaga bu yil ko‘proq yordam berishga chaqirdi. 8 yanvar, dushanba kuni Berlinda Lyuksemburg bosh vaziri Lyuk Friden bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng Shols: «Hozirda YeIga a’zo aksariyat davlatlar tomonidan Ukrainaga yetkazib berish rejalashtirilayotgan qurol hajmi har qanday holatda ham juda kichik», dedi. U Yevropa Ittifoqidagi mamlakatlarni Ukraina manfaatlari yo‘lida sa’y-harakatlarni kuchaytirishga chaqirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga AQShdan keyingi eng yirik donor bo‘lgan Germaniya «zarur bo‘lgunicha» harbiy yordam ko‘rsatishda davom etadi. Biroq uzoq muddatda Ukraina xavfsizligini ta’minlash uchun Germaniyaning hissasi yetarli bo‘lmaydi, deya ta’kidladi siyosatchi. 

Eng kechi bilan 1 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan YeI sammitiga qadar «biz yevropalik hamkorlarimiz bu yil Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qanday aniq hissa qo‘shishi haqida iloji boricha aniq tasavvurga ega bo‘lishimiz kerak», dedi Germaniya hukumati rahbari. «Yevropa Ukraina tomonida, erkinlik, xalqaro huquq va Yevropa qadriyatlari tarafida qat’iy ekanini namoyish etishi kerak», - deydi Shols. 

Mavzuga oid