Jamiyat | 11:55 / 09.01.2024
14675
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda ota voyaga yetmagan o‘g‘lini kaltaklab jarohat yetkazdi

14 yoshli bolaga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan va ekspertiza tayinlangan. IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: IIV

Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahrida yashovchi 2009 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan fuqaro tan jarohatlari bilan tasvirga olingan videolavha tarqaldi.

IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning ma’lum qilishicha, holat 2024 yil 7 yanvar kuni sodir bo‘lgan.

1972 yilda tug‘ilgan A.X. tomonidan o‘g‘li axloqsizlikka yo‘l qo‘ygani vaji bilan tan jarohati yetkazilgan.

Qayd etilishicha, voyaga yetmagan bolaga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan. Tegishli sudga oid ekspertizalar tayinlangan.

Hozirda holat yuzasidan Urganch shahar IIB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi qiz ota-onasi tomonidan kaltaklangani aks etgan video omma orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi

Mavzuga oid