Yevrokomissiya Google’ni Rossiya va Belarus mustaqil matbuotini targ‘ib qilishga chaqirdi
Yevrokomissiya belaruslik jurnalistlarning agregatorlar senzura cheklovlarini hisobga olishidan shikoyat qilgan so‘roviga reaksiya bildirdi.
Yevrokomissiya Google, Meta va boshqa texnologiya kompaniyalarini Rossiya va Belarus mustaqil OAVga agregatorlarda ular xabarlarini hukumatparast nashrlar materiallaridan yuqoriroq ilgari surish orqali yordam berishga chaqirdi, deb yozadi Financial Times gazetasi 8 yanvar, dushanba kuni.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ta’qiblar tufayli mamlakatni tark etgan belaruslik jurnalistlar Yevrokomissiyaga tegishli so‘rov bilan chiqqan. Jurnalistlarning ta’kidlashicha, algoritmlar Belarus senzura cheklovlarini hisobga oladi, rejim targ‘ibotini cheklamaydi, shuningdek, Belarus tilidagi maqolalarni indekslamaydi.
«Dezinformatsiyaga qarshi kurash va OAV erkinligini targ‘ib qilish - bir tanganing ikki tomoni, biz yirik texnologiya kompaniyalari ikkalasini ham qilishini istaymiz», - deya Yevrokomissiya raisi o‘rinbosari Vera Yourova so‘zlarini keltiradi Financial Times. Nashrning yozishicha, Yourova ushbu mavzuni Google vakillari bilan muhokama qilgan.
Financial Times so‘roviga javoban Google kompaniya «siyosiy qarashlarni hisobga olmaydigan tarzda o‘z qoidalarini yaratish va qo‘llash uchun barcha sa’y-harakatlarni» amalga oshirayotganini ma’lum qildi. Meta Yevrokomissiya chaqiriqlariga izoh bermadi.
Mavzuga oid
22:21 / 18.09.2024
Yevropa Ittifoqi sudi Google’ga belgilangan 1,5 mlrd yevrolik jarimani bekor qildi
21:33 / 10.09.2024
Google va Apple milliardlab dollar jarima to‘lash bo‘yicha Yevropa sudida yutqazdi
14:39 / 10.09.2024
Google Rossiya raqamlaridan yangi akkaunt ochishga ruxsat bermayapti
20:47 / 09.09.2024