O‘zbekiston | 15:35 / 10.01.2024
6092
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda «valyutchik» ushlandi

U 10 ming dollarni 124,2 mln so‘mga ayirboshlayotganida qo‘lga olingan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Andijon viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Andijon shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan I.R. va boshqalar fuqaro G‘.A.ga jami 10 ming AQSh dollarini 124,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid