Jahon | 15:12 / 10.01.2024
3354
2 daqiqa o‘qiladi

Navalniy «Polyarnyy volk» koloniyasida jazo izolyatoriga yuborildi

Dekabr oyining oxiridan beri Aleksey Navalniy Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi «Polyarnyy volk» axloq tuzatish koloniyasida qamoq jazosini o‘tamoqda. 

Foto: Tatyana Makeyeva/AFP/Getty Images

Aleksey Navalniy 2023 yil dekabr o‘rtalarida ko‘chirilgan Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi «Polyarnyy volk» axloq tuzatish koloniyasida jazo kamerasiga jo‘natildi. Bu haqda siyosatchining ijtimoiy tarmoqlarda 9 yanvar, seshanba kuni chop etilgan postida aytiladi. «Meni Uzoq Shimoldagi barakka qamab qo‘yishgani va endi jazo kamerasida ta’qib qilish to‘xtatiladi, degan fikr soddalik edi. Men karantindan endigina chiqqandim, ammo «mahkum Navalniy o‘zini to‘g‘ri tanishtirishdan bosh tortdi, tarbiyaviy ishlarga reaksiya bildirmayapti, o‘zi uchun to‘g‘ri xulosa chiqarmayapti», deyishdi. 7 kun jazo kamerasida bo‘laman», dedi siyosatchi.

Navalniyning so‘zlariga ko‘ra, jazo kamerasidagi kundalik tartib boshqacha, shuning uchun u erta tongda sayrga chiqishiga to‘g‘ri kelyapti. «Ertalab soat 6:30 da Yamalda sayr qilishdek tetiklashtiruvchi narsa boshqa yo‘q bo‘lsa kerak. Beton panjaraga qaramay, hovliga qanday ajoyib shabada esishini esa til bilan ta’riflab bo‘lmaydi!» - deyiladi postda. 

«Polyarnyy volk» koloniyasiga ko‘chirilishidan oldin siyosatchi Vladimir viloyati Melexovo qishlog‘idagi IK-6da edi. Navalniy u yerda jazo kamerasiga 23 marta yuborilgan. 

Dekabr oyi boshida Navalniyning safdoshlari deyarli uch hafta davomida u bilan aloqaga chiqa olmadi. Uning qayerda ekanligi 25 dekabrgacha, siyosatchi Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi IK-3ga o‘tkazilgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgunga qadar ma’lum emas edi.

Mavzuga oid