O‘zbekiston | 18:27 / 10.01.2024
3422
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Namangan viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi 

11-16 yanvar kunlari aholidan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raldi. 

Foto: Getty Images

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 11-16 yanvar kunlari yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi kutilmoqda. 

Shu sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlarida (Chotqol tizmasi tog‘lari), shuningdek, Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi. 

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda haydovchilardan ehtiyot choralari ko‘rish so‘ralmoqda.

Mavzuga oid