O‘zbekiston | 14:30 / 11.01.2024
18550
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

Payshanba kuni soat 14:20 da Afg‘onistonda 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning 10 ta hududida sezilib, 2−3 ballni tashkil etdi.

11 yanvar kuni kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan yer silkinishi O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Soat 14:20 da qayd etilgan zilzila koordinatalari: 36,7 gradus shimoliy kenglik; 70,34 gradus sharqiy uzunlik. Chuqurlik 180 km.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida 2-3 ball, 279 km;
  • Farg‘ona viloyatida 2 ball, 428 km;
  • Jizzax viloyatida 2 ball, 439 km;
  • Samarqand viloyatida 2 ball, 441 km;
  • Sirdaryo viloyatida 2 ball, 443 km;
  • Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 466 km;
  • Andijon viloyatida 2 ball, 486 km;
  • Namangan viloyatida 2 ball, 492 km;
  • Toshkent shahrida 2 ball, 516 km;
  • Navoiy viloyatida 2 ball, 575 km.

Mavzuga oid