O‘zbekiston | 18:36 / 12.01.2024
27132
1 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarlaridan biri ishdan ketdi

Yahyojon Abdulhaqov 2021 yil fevralidan buyon vazir o‘rinbosari – tergov departamenti rahbari edi. U boshqa ishga o‘tayotgani aytilgan.

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – tergov departamenti rahbari Yahyojon Abdulhaqov lavozimini tark etdidi. U boshqa ishga o‘tayotgani aytilgan.

Abdulhaqov 2019–2021 yillarda Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan, 2021 yil fevralida vazir o‘rinbosariga aylangandi.

Endilikda uning o‘rniga kim vazir o‘rinbosari bo‘lishi hozircha aniq emas.

Qayd etish kerakki, ushbu iste’fo O‘zbekistonda jinoyatchilikka qarshi tadbirlar o‘tkazilishi fonida bo‘lmoqda.

Mavzuga oid