O‘zbekiston | 13:34 / 14.01.2024
9864
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda qariyb 80 mln Rossiya rublni Qirg‘izistonga o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Ushbu shaxs katta miqdordagi rublni Qirg‘izistonga o‘tkazib berish evaziga 300 dollar olishi kerak bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr

DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda juda ko‘p miqdordagi xorijiy valutalarni noqonuniy ravishda Qirg‘izistonga o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingan.

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Ola-buqa tumani bilan chegaradosh bo‘lgan Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi davlat chegarasi tomon harakatlanayotgan “Lasetti” to‘xtatilgan.

Namangan shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan mashina ko‘zdan kechirilganda, uning salonida 3 dona polietilen qoplarga joylashtirilgan jami 79 mln 994 ming 900 Rossiya rubli borligi ma’lum bo‘lgan.

Surishtiruvlarda aniqlanishicha, ushbu shaxs pullarni chegaradan o‘tkazib berishi evaziga 300 AQSh dollari olishi kerak bo‘lgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Mavzuga oid