Jahon | 14:23 / 14.01.2024
8397
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda nosoz avtobusda qolib ketgan 50 dan ortiq o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi

Qozog‘istonning Aqto‘be oblastida 55 nafar o‘zbekistonlik nosoz avtobusdan evakuatsiya qilindi. Ular Toshkentdan Rossiyaning Qozon shahriga ketayotgan bo‘lgan.

Foto: Qozog‘iston FVV

13 yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida nosoz avtobusdan O‘zbekistonning 55 nafar fuqarosi evakuatsiya qilindi. Bu haqda qo‘shni mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bergan.

Respublika ahamiyatiga molik Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining 965-kilometrida Toshkent-Qozon (Rossiya) yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi nosozlik tufayli to‘xtab qolgan. Avtobusda O‘zbekistonning 55 nafar fuqarosi bo‘lgan.

Yo‘lovchilar FVV xodimlari tomonidan Qorabutak qishlog‘i masjidiga ko‘chirilgan. Ular tibbiy yordamga ehtiyoj sezmagan.

Ob-havo yomonlashganda va avtomobil yo‘llarida harakat cheklovlari mavjud bo‘lganda yo‘lga chiqmaslik, transportning texnik holatiga e’tibor berish tavsiya qilingan.

  • Bundan avvalroq, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ham Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqib, yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘ragandi. 

Mavzuga oid