Eron Qizil dengizdagi husiylar hujumlarini to‘xtatish shartini aytdi
Buning uchun Isroil G‘azodagi harbiy harakatlarni to‘xtatishi kerak.
Isroil G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotini davom ettirar ekan, Yaman husiy isyonchilari Qizil dengizdagi Isroil kemalariga hujum qilishni to‘xtatmaydi, dedi Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon. Uning so‘zlarini Interfax keltirdi.
«Xusiylar bizni dengizdagi xavfsizlikka putur yetkazmayotganiga ishontirdi, biroq ularning pozitsiyasi shuki, G‘azodagi urush davom etar ekan, Isroil kemalariga qarshi chora ko‘rilaveradi», dedi vazir.
Unga ko‘ra, Tehron Shveytsariya rasmiylari orqali Vashington e’tiboriga G‘azodagi janglar zudlik bilan to‘xtatilishi kerakligini yetkazgan. U, shuningdek, AQSh va Britaniyani husiylarga hujum qilmaslikka chaqirdi.
«Amerika bir vaqtning o‘zida urushni to‘xtatish va shu bilan birga Yamanga qarshi harakat qilish istagi haqida gapira olmaydi», deb xulosa qildi vazir.
2023 yil 7 oktyabrda HAMAS Isroilga hujum qildi. Bunga javoban Isroil G‘azo hududida hamaschilarga qarshi harbiy operatsiya boshladi. Bu voqealar Yaqin Sharqdagi bir qator guruhlarning Iroq va Suriyadagi Amerika kuchlariga qarshi hujum qilishiga olib keldi va husiylar o‘z navbatida Qizil dengizdagi kemalarga qarata o‘q uzishni boshladilar.
O‘tgan hafta AQSh va Buyuk Britaniya Qizil dengizda kemalarga davom etayotgan hujumlariga javoban Yamandagi husiylar harbiy nishonlariga bir qator havo zarbalarini berdi. Hujumlar Avstraliya, Niderlandiya, Bahrayn va Kanada ko‘magida amalga oshirildi.
Mavzuga oid
11:20
AQSh Yamandagi husiychilarning qurol omborlariga zarba berdi
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024