O‘zbekistonda foto va videoqurilmalar yordamida 13 mlnga yaqin yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi
Haydovchilar tomonidan “agressiv boshqarish”, “drift”, “shaxmat” shaklida harakatlanish, yo‘llarda to‘siqlarni paydo qilish kabi qoidabuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Senat Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun muhokama qilindi.
Qo‘mita raisi Qutbiddin Burhonovga ko‘ra, yangi qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga transportda bezorilik, ya’ni ayrim haydovchilar tomonidan boshqarish madaniyatiga rioya qilmay, transport vositasini keskin boshqarish va boshqa harakatlarda ifodalangan “agressiv boshqarish”, “drift”, “shaxmat” shaklida harakatlanish, yo‘llarda to‘siqlarni paydo qilish kabi qoidabuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda.
2023 yilda faqatgina foto va videoqurilmalar yordamida qariyb 13 millionga yaqin yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlangan bo‘lsa, ularning 3 million 350 mingtasi bitta transport vositasi haydovchisi tomonidan 4 tagacha, qariyb 3 millionga yaqini esa 5 tadan 10 tagacha, 1 million 700 mingtasi 11 tadan 20 tagacha, 187 mingtasi 31 tadan 40 tagacha, 87 mingtasi 51 tadan 100 tagacha, 18 mingtasi 100 tadan ko‘p yo‘l harakati qoidabuzarligini sodir etgan.
2023 yil 13 dekabr kuni “Samarqand-G‘uzor” avtomobil yo‘lining 133-kmda Qamashi tumani “Paxtaobod” MFY hududida harakatlangan, 6 yil haydovchilik stajiga ega bo‘lgan haydovchi “Lasetti” avtotransport vositasini yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, “ISUZU” rusumli transport vositasining orqa qismiga borib urilib, YTH sodir etgan.
Oqibatda 4 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 1 nafar fuqaro “bosh miya og‘ir jarohati, bosh miya komasi” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
“Lasetti” avtotransport vositasi haydovchisining oxirgi bir yil davomida sodir etgan qoidabuzarligi o‘rganib chiqilganda, ushbu fuqaro tomonidan bir yil davomida 72 ta qoidabuzarlik sodir etgani aniqlandi, deydi Qutbiddin Burhonov.
Qonun bilan jarima ballari hisoblangan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash kabi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Haydovchiga bir yil davomida 12 va undan ortiq ball hisoblansa, transport vositasini boshqarish huquqidan sud tartibida 3 yilgacha mahrum qilish jazosi hamda qoida buzmagan haydovchilarga hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali (bunda 1 yil davomida qoidabuzarlik sodir etmagan haydovchiga birinchi hisoblanadigan jarima ballni inobatga olmaslik hamda 6 oy davomida qoidabuzarlik sodir etmagan huquqbuzarga belgilangan jarima ballidan 2 jarima ballini ayirib tashlash yo‘li bilan) rag‘batlantirish choralari qo‘llash tartibi (Vazirlar Mahkamasi tegishli qarori bilan) belgilanmoqda.
Mavzuga oid
09:45 / 18.12.2024
Yo‘lga noqonuniy to‘siqlarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik belgilanyapti
11:56 / 06.11.2024
Inson matonati: 22 yil davomida tog‘ni yo‘nib yo‘l ochgan odam
21:17 / 25.10.2024
Qo‘ng‘irot–Beyneu yo‘lining 240 kilometrlik qismi foydalanishga topshirildi
09:30 / 11.10.2024