2023 yilda O‘zbekistondagi xorijiy kompaniyalar soni 11 foizga kamaydi
O‘tgan yili O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 1748 taga yoki 11 foizga qisqardi. Kamayish ayniqsa turk kompaniyalari sonida ko‘proq sezildi (-15 foiz). Natijada Xitoy O‘zbekistondagi kompaniyalari soni bo‘yicha Turkiyani ortda qoldirib, 2-o‘ringa chiqdi.
2024 yilning 1 yanvar holatiga, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 053 tani tashkil etmoqda. Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1748 taga yoki 11 foizga kam.
Kun.uz rasmiy raqamlarga tayanib xorijiy davlatlar kapitali asosidagi korxonalar sonining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.
Taqqoslash uchun, 2023 yilning 1 yanvar holatiga, respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 15 801 tani tashkil etgan.
Yil davomida Turkiya kompaniyalari soni 321 taga kamaygan, Xitoy kompaniyalari esa 196 taga ko‘paygan, natijada Xitoy O‘zbekistondagi kompaniyalari soni bo‘yicha Turkiyani ortda qoldirib, 2-o‘ringa ko‘tarilgan.
2024 yilning 1 yanvar holatiga, xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalarning davlatlar kesimidagi soni va bir yil oldingiga nisbati quyidagicha:
- Rossiya – 3 044 ta (-112);
- Xitoy – 2 337 ta (+196);
- Turkiya – 1 883 ta (-321);
- Qozog‘iston – 1 064 ta (-194);
- Janubiy Koreya – 736 ta (-194)
- AQSh – 313 ta (-41);
- Qirg‘iziston – 279 ta (-41);
- Tojikiston – 278 ta (-27);
- Ozarboyjon – 237 ta (-29);
- Germaniya – 215 ta (-4);
- Turkmaniston – 182 ta (+1).
Mavzuga oid
16:43 / 06.11.2024
Erdo‘g‘an turkiyzabon davlatlarni umumiy alifboga o‘tishga chaqirdi
18:09 / 05.11.2024
Turkiya Qirg‘izistonning tashqi qarzidan kechdi
09:50 / 04.11.2024
Turkiya TIV rahbari: Ukraina yaxlitligi tinchlikning shartidir
20:55 / 02.11.2024