Qirg‘izistonda mustaqil OAV jurnalistlarida tintuvlar o‘tkazildi
Qirg‘izistonning Temirov Live va «Ayt Ayt Dese» YouTube-kanallariga qarshi ommaviy tartibsizliklarga chaqirish moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochildi.
Qirg‘izistonda 16 yanvar, seshanba kuni politsiya bir qancha mustaqil nashrlar jurnalistlari, jumladan, siyosiy mavzularga ixtisoslashgan Temirov Live YouTube-kanali mualliflari ofislari va uylarida tintuv o‘tkazdi. Bu haqda Kloop va Kaktus Media onlayn-nashrlari, shuningdek, jurnalist Bolot Temirov xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi bosh tergov boshqarmasiga o‘n nafar jurnalist olib ketilgan, ular orasida: Maxabat Tajibek qizi (Temirov Live direktori); Sapar Akunbekov («Ayt ayt dese»); Azamat Ishenbekov («Ayt ayt dese»); Saypidin Sultonaliyev («Archa Media»); Aktilek Kaparov («Alga Media»); Tinistan Asipbekov («PolitKlinika»); Maqsat Tajibek o‘g‘li (Temirov Live); Joodar Buzumov; Jumabek Turdaliyev va Ayke Beyshekeyeva. «Operator Akli O‘rozbekov ham tintuv qilindi», deb ta’kidlaydi Kaktus Media..
Bu onlayn-nashr advokat Baatirbek Botobekovga tayanib yozishicha, uning Temirov Live xodimi bo‘lgan to‘rt nafar shogirdi guvoh sifatida so‘roq qilingan. Biroq xabar chiqqunga qadar jurnalistlar qo‘yib yuborilmagani aytilgan. Advokat buni ularning huquqlari buzilishi deb hisobladi. «Ular sakkiz soatdan beri Davlat tergov boshqarmasi binosida olib o‘tirilibdi. Bu qanchalik qonuniy ekanligi ham katta savol», - deya ta’kidladi u.
Ommaviy tartibsizliklarga chaqiriqlar bo‘yicha ish
Ayni paytda «PolitKlinika» nashri jurnalisti Tinistan Asipbekov jurnalistlarni tintuv va so‘roq qilish ommaviy tartibsizliklarga chaqirish moddasi bo‘yicha ochilgan jinoiy ish bilan bog‘liqligini aytdi.
Surishtiruv bilan shug‘ullanuvchi jurnalist Saypidin Sultonaliyev ham ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha jinoiy ishda guvoh sifatida so‘roqqa chaqirilgani haqida xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompyuter va noutbukni olib ketishgan.
Keyinroq Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi «Ayt Ayt Dese» va Temirov Live loyihalariga nisbatan ommaviy tartibsizliklarga chaqiruv moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini tasdiqladi.
«2023 yilning 30 dekabr kuni politsiya xodimlari «Ayt Ayt Dese» va Temirov Live sahifalarida ijtimoiy tarmoqlardan birida internetni kuzatish chog‘ida ommaviy tartibsizliklarga chaqiruvchi ma’lumotlarni aniqladi», — deya Kloop IIV vakilidan iqtibos keltirdi. Hozircha gap qaysi ma’lumot haqida ketayotgani noma’lum, deya aniqlik kiritdi jurnalistlar.
24.kg agentligi ofisida tintuvlar
Bir kun avval, 15 yanvar kuni 24.kg agentligining Bishkekdagi ofisida tintuv o‘tkazildi. Kloop onlayn-nashrining yozishicha, ofisdan barcha jihozlar olib ketilgan, unga kirish joyi muhrlangan. Shu bilan birga, nashr rahbariyati Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga so‘roq qilish uchun jo‘natilgan. Nashr Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib ta’kidlashicha, tintuv urushni targ‘ib qilish moddasi bo‘yicha jinoiy tergov doirasida o‘tkazilgan.
2023 yil sentabr oyida Ukrainadagi urushga bag‘ishlangan to‘rtta dayjest tufayli Rossiyada 24.kg saytiga kirish bloklangan edi.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024