Tsement zavodlaridan chiqayotgan changni kamaytirish uchun qurilmalar o‘rnatildi
Bu qurilmalar changning umumiy miqdorini 75 foizdan 99 foizgacha tozalash samaradorligiga ega.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida “Respublika qurilish materiallari sanoatining 2023 yil tahlili va sohadagi o‘zgarishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda atrof tabiiy muhitga ta’sir qilish xavfi yuqori bo‘lgan xo‘jalik sub’yektlarining atrof-muhitga bo‘lgan ta’siri monitoringini kuchaytirish, mazkur soha takomillashtirilishi va raqamlashtirilishi bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilingani va bugungi kunda ularning ijrosi ta’minlayotgani haqida to‘xtalib o‘tildi.
Ma’lum qilinishicha, belgilangan “Tarmoq jadvali” asosida ishlab chiqaruvchi korxonalarning 10 tasida avtomatik stansiya o‘rnatilgan.
Tsement zavodlaridan atmosfera havosiga tashlanayotgan changlarni kamaytirish va sanitariya me’yorida bo‘lishini ta’minlashda siklonli filtr, elektrofiltr va boshqa turdagi texnologik chang-gazlar tozalovchi qurilmalar qo‘llanadi.
Bu qurilmalar changning umumiy miqdorini 75 foizdan 99 foizgacha tozalash samaradorligiga ega.
Mavzuga oid
20:14 / 11.07.2024
Sement ishlab chiqaruvchilar arzon sement sotayotgan Andijondagi zavod ustidan shikoyat qildi
15:41 / 18.03.2024
Toshkent viloyatida sifati kafolatlanmagan 12 mlrd so‘mlik sement aniqlandi
13:05 / 18.01.2024
Prezident yangi sement zavodlari qurishni taklif etayotgan mutasaddilarni tanqid qildi
07:30 / 15.01.2024