O‘zbekiston | 23:25 / 22.01.2024
40221
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi 

Toshkent shahri, viloyati va Farg‘ona vodiysida zilzila kuchi sezilarli bo‘ldi. 

FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabariga ko‘ra, 22 yanvar kuni soat 23:08 da Xitoy-Qirg‘iziston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi.  

Zilzila episentri Toshkentdan 862 km janubiy-sharqda bo‘lib, magnitudasi 7 ball, chuqurligi 15 km.  

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

- Andijon viloyatida 3-4 ball, 602 km;

- Farg‘ona viloyatida 3-4 ball, 656 km;

- Namangan viloyatida 3-4 ball, 657 km;

- Toshkent shahrida 3 ball, 862 km. 

Mavzuga oid