O‘zbekiston | 19:07 / 22.01.2024
18762
2 daqiqa o‘qiladi

Termiz, Toshkent va Jizzax havosi eng ifloslangan shaharlar bo‘lib turibdi

O‘zbekistonning 7 ta shahrida o‘tkazilgan 22 yanvar havo monitoringiga ko‘ra, Urganch shahri eng toza havoli shahar deb topildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent, Guliston, Samarqand, Nukus, Urganch, Termiz va Jizzax shaharlaridagi 22 yanvar holatiga ko‘ra havo sifati tahlillari ma’lum qilindi.

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, shaharlarda PM2,5 zarrachalari va azot dioksidi me’yordan oshishi kuzatilgan.

PM2.5 ifloslantiruvchi zarrachalari ko‘pligi bo‘yicha 1-o‘rinda Termiz –103 mkg/m3, Toshkent – 76.3 mkg/m3, Jizzax –60.8 mkg/m3, Samarqand – 29 mkg/m3 va Urganch – 11.6 mkg/m3 turibdi. Shaharlarda PM10 va boshqa moddalar me’yordan oshmagan. Faqat Samarqand shahrida azot dioksidining oshishi – 0,081 mkg/m3 kuzatilgan.

Ma’lumot uchun, PM10 – havo tarkibidagi mayda qattiq zarralar bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti uning me’yorini 500mkg/m3 deb belgilagan. PM2,5 esa eng kichik dispers zarralar hisoblanib, uning me’yoriy ko‘rsatkichi 1 metr kub havo tarkibida 5 mkg/m3 gacha deb olingan. Azot dioksidi uchun me’yor – 0.06 mkg/m3 deb tan olingan.

Ma’lumot uchun, O‘zgidromet atmosfera havosining ifloslanish darajasini quyidagi shaharlarda o‘rnatilgan avtomatik rejimda ishlovchi stansiyalar orqali monitoring qilib boradi:

– Toshkent shahridagi 2 ta stansiyalarda (Yunusobod tumani, Bodomzor yo‘li, 1-tor ko‘chasi 72, O‘zgidromet; Chilonzor tumani, Bunyodkor shohko‘chasi, Xalqlar do‘stligi maydoni);

– Guliston (Buyuk kelajak mahallasi);

– Jizzax (Zilol mahallasi Avloniy ko‘chasi, 2-uy);

– Nukus (Olmazor ko‘chasi, 223-uy);

– Urganch (J. Manguberdi ko‘chasi, 2-uy).

– Samarqand (Samarqand sh., Universitet xiyoboni ko‘chasi, 17);

– Termiz (At-Termiziy ko‘chasi, San’at saroyi).

Mavzuga oid