Reabilitatsiya jarayonidagi askar va front yaqinida yashayotgan aholi. Urush suratlari
Ukrainada urushning 698-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar
- IIV ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyada «maxsus harbiy amaliyot boshlanganidan buyon» harbiy komissariatlarga o‘t qo‘yish va temiryo‘llardagi diversiyalar bilan bog‘liq 400 dan ortiq holat qayd etilgan.
- Volodimir Zelenskiy Rossiyaning «tarixdan ukrainlar yashab kelgan» hududlari to‘g‘risidagi farmonini imzoladi.
- Davlat dumasiga Rossiya armiyasi to‘g‘risidagi «feyk» uchun mol-mulkni musodar qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi. U «RF xavfsizligiga qarshi jinoiy faoliyatni moliyalashtirish uchun foydalanilgan yoki mo‘ljallangan pullarni, qimmatbaho buyumlarni yoki boshqa mol-mulklarni musodara qilishga ruxsat beradi».
- The Wall Street Journal nashri aniqlashicha, Yevroittifoq Ukrainaga yordam uchun 20 milliard yevrolik yangi jamg‘arma tuzishni rejalashtirmoqda.
- Zelenskiy Oliy radaga qo‘shfuqarolik to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi. Bu Rossiya fuqarolariga taalluqli bo‘lmaydi.
- Davlat dumasi deputati Andrey Lugovoy xabar qilishicha, Bosh prokuratura uning so‘roviga ko‘ra, «Rossiya urushga qarshi qo‘mitasi»ni «istalmagan tashkilot» deb topgan.
Xarkiv o‘qqa tutilishi
23 yanvar tongida Rossiya qo‘shini Ukrainaning Kiyev, Xarkiv va Dnipropetrovsk oblastlari bo‘ylab raketa zarbalari yo‘lladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan besh kishi halok bo‘lib, 50 kishi jarohatlangan.
Hujumdan ayniqsa Xarkiv jiddiy jabr ko‘rgan. Bu yerda uch kishi halok bo‘lib, 35 kishi jarohat olgan, ulardan ikki nafari bolalar. Shaharda ko‘p kvartirali turar joy shikastlangan, uning pod’yezdlaridan biri butkul qulagan, shuningdek, xususiy uy, o‘quv binosi va boshqa infratuzilma obektlari shikastlangan, avtomobillar yakson bo‘lgan.
Kramatorsk o‘qqa tutilishi
Rossiya qo‘shini 22 yanvar kuni Donetsk oblastida Ukraina QK nazorati ostida bo‘lgan Kramatorsk shahrini o‘qqa tutdi. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati bir kishi halok bo‘lib, yana ikki kishi yaralangani haqida xabar qilgan: 49 yoshli erkak halok bo‘lgan, uning yonida bo‘lgan 31 yoshli qizi omon qolgan. Yettita ko‘p qavatli uy, uchta korxlona binosi va yana shuncha ijtimoiy infratuzilma obektlari shikastlangan.
Ukrainalik og‘ir yarador jangchi
Fyodor — keng ko‘lamli urush boshlanguniga qadar nonvoy va pianinochi bo‘lgan. Urush u onasi Vera bilan Kiyev oblastining Irpin shahrida yashayotganida boshlanadi. Avvaliga Fyodor ko‘ngilli bo‘ladi, keyin esa Ukraina qurolli kuchlari safiga xizmatga kiradi. 2023 yil noyabr oyi oxirida Fyodorning bo‘linmasi Xerson oblastining RF armiyasi nazorati ostidagi hududda, Dnipro daryosining chap sohilidagi Krinki qishlog‘i atrofida jangovar topshiriqni bajarish uchun yuboriladi. Fyodor FPV-dron hujumiga yo‘liqadi.
Otishmalar tufayli yarador jangchini faqat keyingi kunga o‘tibgina evakuatsiya qilishning imkoni bo‘ladi. Uning o‘ng oyoq kafti, chap qo‘li va o‘ng panjasining bir qismi amputatsiya qilinadi. Bundan tashqari, Fyodorning butun tanasi kuchli darajada kuygan va ikki ko‘zining shoh pardalari shikastlangan. Askar 17 kun jonlantirish bo‘limida yotadi. Bu vaqt davomida unga 18 litr qon quyiladi. Hozirda Fyodor Odessada davolanmoqda.
Donetsk oblastida gumanitar yordam tarqatilishi
Hozirda Rossiya qo‘shini yurish qilayotgan Donetsk oblastida tinch aholi vakillari insonparvarlik yordamlariga qattiq bog‘lanib qolgan. Bunday yordam hududga xayriya tashkilotlari, jumladan BMT tomonidan yetkazib beriladi.
Quyidagi suratlar aynan qaysi aholi yashash manzilida olingani aniq emas.
Donetsk o‘qqa tutilishida yaralangan ayol
Mavzuga oid
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024