Ukraina hukumati Rossiya bilan transport aloqalarini 50 yilga uzishni taklif qildi
Bundan tashqari, Ukraina bosib olingan hududlarda berilgan dengizchilarning malakaviy hujjatlarini tan olmaslik, Rossiya fuqarolariga Ukraina bayrog‘i ostida suzuvchi kemalarda xizmat qilishni taqiqlashni taklif etmoqda.
Ukraina Vazirlar Mahkamasi Rossiya bilan har qanday transport aloqalarini 50 yilga taqiqlashni taklif qildi. Bu haqda hukumat saytida e’lon qilingan va bosh vazir Denis Shmigal tomonidan imzolangan farmoyishda belgilangan.
Rossiya transport sektoriga qarshi sanksiyalar doirasida Ukraina Vazirlar Mahkamasi quyidagilarni taqiqlashni taklif qildi:
- Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo aloqasi, shuningdek, Rossiya aholisining Ukraina osmonidan, shu jumladan Ukraina havo harakatini nazorat qiluvchilar xizmat ko‘rsatadigan dengiz ustidagi hududdan foydalanishi.
- Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan transport vositalarining kirishi (tirkamali avtobuslar va yuk mashinalari);
- Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan poyezdlarni Ukraina bojxona hududiga kirishi;
- Rossiya bayrog‘i ostida suzuvchi yoki Rossiya jismoniy va yuridik shaxslariga tegishli bo‘lgan kemalarning Ukrainaning ichki suvlarida navigatsiyasi, shuningdek ularning Ukraina dengiz portlariga kirishi; Bosib olingan hududlar portlariga kemalarning kirishi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi bosib olingan hududlarda berilgan dengizchilarning malakaviy hujjatlarini tan olmaslik, Rossiya fuqarolariga Ukraina bayrog‘i ostida suzuvchi kemalarda xizmat qilishni taqiqlashni taklif etmoqda.
Vazirlar Mahkamasi taklifi 10 kun ichida Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Agar idora taklifni ma’qullasa, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyaning «vakolatli organlarini» xabardor qilishi, shuningdek, ular oldida shunga o‘xshash sanksiyalarni joriy etish to‘g‘risidagi «savolni qo‘yishi» kerak.
Mavzuga oid
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
00:45 / 23.12.2024
Turkiya TIV rahbari Suriyaga qarshi sanksiyalarni tezroq bekor qilishga chaqirdi
22:44 / 22.12.2024
YeI Ukrainaga qarshi boshlangan urushga uch yil to‘lishi munosabat bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda
22:14 / 21.12.2024