Toshkentda 10 yoshli o‘g‘liga avtomobilini berib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi
Toshkent shahar Olmazor tumanida 10 yashar farzandiga avtomobil berib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, tarmoqlarda Matiz’ni voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi boshqargani aks etgan video tarqalgan. Holat IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o‘rganilgan. Mazkur harakatlarni Olmazor tumanida yashovchi 10 yoshli bola sodir etgani aniqlandi.
Qoidabuzarning otasiga farzandining xatti-harakati yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 2-qismi (transport vositalarining boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning shu vositalarni boshqarishi, shuningdek, boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga transport vositalarini boshqarishning topshirilishi) hamda 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Mashina esa vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.
Mavzuga oid
16:52 / 02.10.2024
Toshkentda maktab o‘quvchisi ustiga futbol maydonidagi darvoza qulashi tufayli vafot etdi
18:00 / 02.09.2024
Xorijda uylanib olgan er, tanglikda qoldirilgan ona va kaltaklanayotgan bola – asl aybdor kim?
15:51 / 12.08.2024
“Aholi bilan kelishilgan” - poytaxt hokimligi bolalar maydonchasi joylashgan hudud sotuvga qo‘yilganiga izoh berdi
20:40 / 25.06.2024