Jamiyat | 17:00 / 25.01.2024
4851
1 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Asakabank» AJ «Mastercard World Black Edition» kartasini emissiya qilgan birinchi bank sifatida e’tirof etildi

«Asakabank» AJ «Mastercard» tomonidan O‘zbekistonda birinchi bo‘lib «Mastercard World Black Edition» kartasini emissiya qilgan bank sifatida e’tirof etildi. Bu haqida bank Matbuot markazi xabar berdi.

Bank matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, joriy yilning 23 yanvar kuni «MasterCard Europe SA»ning kantri menedjyeri Denis Fillipov, Markaziy Osiyoda mijozlar bilan ishlash bo‘yicha direktori Vadil Galiulin, hamda uning O‘zbekiston Respublikasidagi mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejyeri Elzara Gabitova «Asakabank» Boshqaruvchi direktori Bekzod Tangmatovga mukofotni topshirishdi.

Uchrashuv davomida «Asakabank» va «MasterCard» o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

«Mastercard World Black Edition» kartasi dunyoning istalgan nuqtasida global Mastercard qo‘llab-quvvatlash xizmatini taqdim etadi. «Mastercard World Black Edition» kartasini chiqargan mijoz Mastercard dasturi doirasida keng ko‘lamdagi maxsus takliflarga ega bo‘ladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid