Ma’muriy sudlarda davlat bojini oldindan undirish bekor qilindi
Prezident tomonidan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga ma’muriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun imzolandi.
Fuqarolar davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma’muriy sudlarga murojaat qilganda davlat boji fuqarolardan oldindan undirilmasdan, ushbu boj to‘lovi ishni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra aybdor tarafdan undiriladi.
Shuningdek, mazkur bojning miqdori kamaytirilmoqda va endilikda BHMning 70 foizini tashkil etadi (ilgari 1 BHM bo‘lgan).
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.01.2024 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
08:48 / 09.11.2024
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi qarzni sudda undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi
19:12 / 31.10.2024