O‘zbekiston | 14:32 / 25.01.2024
4201
1 daqiqa o‘qiladi

Prokuratura elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanish yuzasidan mingdan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Prokuratura organlari tomonidan elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanish yuzasidan 1037 ta jinoyat va 41 500 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov ma’lumot berdi.

Illyustrativ foto

O‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berish bilan bog‘liq  nazorat tekshiruvlari o‘tkazilishi natijasida 24 ta jinoyat, 61 ta ma’muriy va 39 ta intizomiy ishlar qo‘zg‘atilib, sudlarga 126 ta da’vo arizalari, korxona va tashkilotlarga 38 ta taqdimnomalar kiritildi.

24 ming 79 ta holatda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuv va byurokratik to‘sqinliklar aniqlanib, bartaraf etilgan, 11 ming 905 nafar tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklangan.

Monitoring davomida prokuratura aralashuvi talab qiladigan jami 1 ming 78 ta tanqidiy materiallar aniqlangan. Ularning barchasi ko‘rib chiqilib, tegishli munosabat va bayonotlar berilgan. 

34 ta qo‘pol qonunbuzilishi holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. 

Mavzuga oid