Qirg‘izistonda jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyat ishini tomonlar yarashuvi tufayli yopish taqiqlandi
Shu bilan birga, jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyatlar bo‘yicha qonundagi «jazodan qochish imkonini beruvchi bo‘shliqlar» ham olib tashlandi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyatlar uchun jazoni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi. Xususan, endi og‘ir jinoyatlar, jumladan, zo‘rlash bo‘yicha jinoyat ishlari tomonlarning yarashuvi tufayli tugatilmaydi.
Shu bilan birga, jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyatlar bo‘yicha qonundagi «jazodan qochish imkonini beruvchi bo‘shliqlar» ham olib tashlanadi.
Jumladan, da’vo muddati o‘tib ketgani bois jinoyat ishini ochishni rad qilish, bunday jinoyatni sodir qilgan shaxsga probatsion nazoratni qo‘llash, shuningdek, garov evaziga ozod qilish imkonsiz bo‘ladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach (1 fevraldan) kuchga kiradi.
Qonun loyihasi mualliflaridan biri Elvira Surabaldiyeva ta’kidlaganidek, tashabbus ayollar va bolalarni himoya qilishga qaratilgan.
«Tomonlar yarashganidan keyin ishni tugatish to‘g‘risida ayollar tomonidan ko‘plab murojaatlar tushmoqda. Tomonlarning yarashuvidan keyin tugatilgan ishlar bo‘yicha rasmiy statistik ma’lumotlar yo‘q. Ba’zi faktlar hatto qayd etilmagan. Do‘q-po‘pisa va qo‘rqitish tufayli ayollar o‘z da’vosidan voz kechib, ariza yozishga majbur bo‘lmoqda», dedi deputat.
Qirg‘iziston Oliy sudi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyat sodir etganlar to‘qqiz holatdan oltitasida haqiqiy qamoq jazosidan qutulib qolgan. Shu bilan birga, mamlakatda zo‘rlashlar soni yil sayin ortib bormoqda: 2023 yil yanvar-oktyabr oylarida bunday jinoyatlar soni 1,8 barobar oshgan.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:39 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlangan – Bosh prokuratura
12:03 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisi bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlandi
22:01 / 12.11.2024