AQSh Eronni Kirmondagi bo‘lajak terakt haqida oldindan ogohlantirgan – OAV
Eron bilan diplomatik aloqalarga ega bo‘lmagan AQSh bu ogohlantirishni mamlakat rasmiylariga qanday yetkazgani noma’lum.
AQSh hukumati Eronni 3 yanvar kuni Kirmon shahrida IShID guruhining «Viloyati Xuroson» yacheykasi tomonidan tayyorlanayotgan terakt haqida oldindan ogohlantirgan. Bu haqda AP o‘z manbasiga tayanib yozdi.
Vaziyatdan xabardor bo‘lgan AQSh rasmiysiga ko‘ra, Vashington boshqa har qanday davlat rasmiylarini ehtimoliy tahdidlar haqida ogohlantirishni o‘z burchi deb hisoblaydi. Biroq, u Eron bilan diplomatik aloqalarga ega bo‘lmagan AQSh bu ogohlantirishni mamlakat rasmiylariga qanday yetkazgani haqida ma’lumot bermadi. Eron tomoni ham bu ma’lumotga hozircha izoh bermadi.
2024 yil 3 yanvar kuni Eronning Kirmon shahrida general Qosim Sulaymoniyni xotirlash kunida bir nechta portlashlar sodir bo‘ldi. Oqibatda, 95 kishi halok bo‘ldi. Hodisa uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
22:15 / 21.09.2024
Eron oliy rahnamosi 40 nafar chet el fuqarosini afv etdi
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024