Sport | 13:45 / 26.01.2024
4383
1 daqiqa o‘qiladi

Australian Open'da sensatsiya. Sinner Jokovichning Melburndagi 2195 kunlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi

Tennis bo‘yicha Australian Open musobaqasida dastlabki finalchi aniqlandi. 

Foto: Getty images

Turnirda so‘nggi 5 yilda 4 bor chempion bo‘lgan (bittasida qatnashmagan) Novak Jokovich kutilmaganda italiyalik 22 yoshli tennischi Yannik Sinnerga yutqazib qo‘ydi — 1:6, 2:6, 7:6, 3:6.

E’tiborlisi, serbiyalik tajribali tennischi Melburnda 2195 kundan (33 o‘yin) so‘ng ilk bor mag‘lubiyatga uchradi. 

Sinner esa Australian Open tarixidagi eng yosh finalchiga aylandi. Uning bosh sovrin uchun raqibi Daniil Medvedev (Rossiya) — Aleksandr Zverev (Germaniya) bellashuvida aniqlanadi. Musobaqa sovrin jamg‘armasi 86,5 mln avstraliya dollarini tashkil etadi.

Mavzuga oid