O‘zbekiston | 17:08 / 26.01.2024
19330
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

Chilonzor tumanida "Malibu-2" va "Spark" ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida "Spark" haydovchisi voqea joyida vafot etdi.

Foto: Videodan kadr

Joriy yilning 26 yanvar kuni soat 02:20 larda Chilonzor  tumani Bunyodkor ko‘chasi Chilonzor buyum bozori qarshisida yo‘l-transport hodisasi kuzatildi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 2004 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvida bo‘lgan "Malibu-2" rusumli avtomashinasi hamda 1997 yilda tug‘ilgan B.B. boshqaruvida bo‘lgan "Spark" rusumli avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida "Spark" rusumli avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, "Spark"ning 1 nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

"Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz", deyiladi xabarda.

Mavzuga oid