Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
Sinoptiklar 29-31 yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 29-30 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, 31 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-30 yanvarda -3...-8 daraja, 31 yanvarda -8...-13 daraja, kunduzi 29 yanvarda -0...-5 daraja, 30-31 yanvarda -2...+3 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 29-30 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 31 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 29 yanvarda 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 29 yanvarda kechasi va kunduzi +2...+7 daraja, 30 yanvarda kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +2...+7 daraja; 31 yanvarda kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 29-30 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 31 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, 29 yanvarda 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 29 yanvarda kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, 30 yanvarda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja, 31 yanvarda kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 29-30 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 31 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 290 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29 yanvarda +2...+7 daraja, 30 yanvarda +0...+5 daraja, 31 yanvarda -2...+3 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-30 yanvarda +0...+5 daraja, 31 yanvarda -2...+3 daraja, kunduzi 29 yanvarda +5...+10 daraja, 30-31 yanvarda +3...+8 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 29 yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 yanvarda kechasi va kunduzi +0...+5 daraja, 30 yanvarda kechasi -0...-5 daraja, kunduzi -3...+2 daraja, 31 yanvarda kechasi -2...-7 daraja, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:46 / 14.11.2024
15 noyabr kuni ayrim hududlarda harorat 17 darajagacha ko‘tariladi
10:27 / 13.11.2024
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024