Isroil garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi - OAV
Kelishuv garovga olinganlarni bosqichma-bosqich ozod qilish, jangovar harakatlarni to‘xtatish, shuningdek, G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini yetkazishni nazarda tutadi.
Isroil, AQSh, Misr va Qatar vakillari G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha yangi kelishuvga erishdi. NBC manbasiga ko‘ra, kelishuv loyihasi HAMAS vakillariga taqdim etiladi.
Parijda erishilgan kelishuvlar HAMAS tomonidan garovga olinganlarni bosqichma-bosqich ozod qilish, jangovar harakatlarni to‘xtatish, shuningdek, G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini yetkazishni nazarda tutadi. Buning evaziga Isroilda saqlanayotgan falastinlik mahbuslar ozod etilishi kutilmoqda.
Bundan oldin AP agentligi ismini oshkor etmagan yuqori martabali amaldorlarga tayanib, AQSh vakillari Isroil va HAMAS guruhi o‘rtasidagi muzokaralarda G‘azo sektoridagi janglarni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv muzokaralarida muvaffaqiyatga erishganini yozgan edi.
«Taklif etilayotgan kelishuv urushni tugatmasa-da, AQSh rasmiylari bunday kelishuv mojaroni hal qilish uchun zamin yaratishiga umid qilmoqda», deyiladi matnda.
Mavzuga oid
08:08 / 14.11.2024
Borrel YeIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
16:38 / 12.11.2024
Amsterdamdagi mojaro: aslida nimalar bo‘ldi?
09:46 / 12.11.2024
ADL va IHT Isroilni G‘azodan chiqib ketishga chaqirdi
19:17 / 11.11.2024