Jahon | 16:34 / 29.01.2024
14680
9 daqiqa o‘qiladi

Kupyansk yo‘nalishidagi razvedkachilar va Rossiya vertolyotlari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 704-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • The Washington Post manbalari tasdiqlashicha, AQSh Ukraina bo‘yicha yangi strategiyani tayyorlamoqda va unga ko‘ra, okkupatsiya qilingan hududlarni qaytarib olish ko‘zda tutilmagan. Yangi strategiyadan maqsad — Ukraina qurolli kuchlariga Rossiya armiyasi hujumini qaytarishda yordam ko‘rsatish, shuningdek mudofaa salohiyati va Ukraina iqtisodiyotini uzoq muddatli mustahkamlash hisoblanadi.
  • Ukraina Harbiy asirlar bo‘yicha muvofiqlashtirish shtabi «Simonyan ro‘yxati»dagi 65 kishi chindan ham 24 yanvar kuni almashtirilishi kerak bo‘lganini tasdiqladi.
  • Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha arizasini imzolagach, AQSh Davlat departamenti Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini sotishni ma’qulladi. Bu samolyotlar sotuvi Jo Bayden ma’muriyatining Turkiyaga bosim o‘tkazish uchun asosiy richaglaridan biri edi.
  • Rossiya qo‘shini Ukrainaga sakkizta dron bilan hujum qildi. Ukraina QK ularning yarmi urib tushirilganini ma’lum qilgan.
  • Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanov Belgorod yaqinida Il-76 samolyoti halokatga uchragani yuzasidan izoh berarkan, «tomonlardan hech biri u yerda nima bo‘lgani» bo‘yicha to‘liq javob bera olmasligini aytdi.
  • Mahalliy nashrlarga ko‘ra, Gretsiya o‘z armiyasi foydalanmaydigan harbiy texnikalarni Ukrainaga yuborishga rozilik bergan.
  • Urushga qarshi chiqqan «Bi-2» musiqiy guruhi a’zolari xabar berishicha, Pxuket orolidagi migratsiya politsiyasi hibsxonasida saqlab turilganini xabar qildi. Siyosatchi Dmitriy Gudkovning ma’lumotiga ko‘ra, RFning Pxuketdagi bosh konsuli shaxsan migratsiya departamentiga qo‘ng‘iroq qilib, musiqachilarni qo‘yib yubormaslikni hamda ularni Rossiyaga deportatsiya qilishni talab etgan.
  • Germaniya kansleri Olaf Shols Yevropa mamlakatlarini Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga chaqirdi.

Kun kadri. «Qor farishtasi»ga aylangan ukrainalik askar 

Ukrainaning 80-desant-shturm brigadasi harbiysi Baxmut atrofidagi voronkaga tushib, o‘z tanasi bilan «qor farishtasi» tasvirini hosil qildi. Uning brigadasi 2023 yil kuzida Baxmut janubidagi Kleshchiyevka posyolkasini ozod etishda qatnashgan, endi esa qarshi hujumga o‘tgan Rossiya qo‘shiniga ushbu muhim qishloq ustidan nazoratni qaytarishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv frontidagi ukrainalik harbiy xizmatchilar

Ukraina QK 41-mexanizatsiyalashgan brigadasi harbiysi Xarkiv oblastining Kupyansk shahri atrofidagi okopda. Bu brigada 2023 yilda ukrain armiyasining qarshi hujumi uchun maxsus tuzilgan o‘nta brigadadan biri bo‘lgandi. Ammo kuzda uni RF QK yurishi boshlangan Xarkiv oblasti sharqiga zudlik bilan ko‘chirishga to‘g‘ri keldi
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Kupyansk atrofidagi pozitsiyalarda turgan ukrain harbiylari, 2024 yil 23 yanvar
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik artilleriyachilar shvedlar tomonidan ishlab chiqarilgan Archer rusumli o‘ziyurar gaubitsasi oldida — katta ehtimol bilan bu ayni vaqtda Ukraina QK ixtiyoridagi eng yaxshi artilleriya qurolidir. Shvetsiya Ukrainaga jami 8 ta shunday gaubitsa bergan. Ularning barchasi Kupyansk ostonasidagi 45-artilleriya brigadasiga yuborilgan
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Archer o‘ziyurar gaubitsasi rossiyaliklarning Kupyansk atrofidagi pozitsiyalariga o‘t ochmoqda. Bir joydan boshqa joyga oson olib o‘tish mumkin bo‘lgan bu qurolning o‘t ochish masofasi ham katta va zarba aniqligi ham yuqori hisoblanadi.
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Rossiyalik vertolyotchi jangovar parvoz oldidan

Rossiya armiyasining Ka-52 rusumli zarbdor-razvedkachi vertolyoti. Bunday vertolyotlar ukrainlarning 2023 yil yozidagi yurishini to‘xtatishda faol qo‘llandi. Oktyabr oyida Ukraina QK Berdyansk va Luhanskda o‘nlab Ka-52 vertolyotlari joylashtirilgan aerodromlar bo‘ylab tarkibida kassetali o‘q-dorilari bo‘lgan va uzoq masofaga harakatlanuvchi ATACMS ballistik raketalari bilan zarbalar yo‘lladi. Shundan keyin bu hujumlardan omon qolgan vertolyotlar Ukraina janubi va sharqidagi boshqa kichik maydonchalarga tarqatib chiqiladi. Tasvirlar qayerda olingani noma’lum, 2024 yil yanvar
Aleksey Mayshev / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Rossiyaning Ka-52 vertolyoti piloti jangovar parvoz oldidan
Aleksey Mayshev / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Rossiyalik uchuvchi Ka-52 kabinasida
Aleksey Mayshev / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Izyumning okkupatsiyadan qariyb ikki yil o‘tgandan keyingi manzaralari

Izyum yaqinidagi dalada zarbaga uchragan tank
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Izyum o‘rmonida 440 dan ortiq jasad eksgumatsiya qilingach, bo‘shab qolgan qabrlar. Okkupatsiya vaqtida odamlar birodarlik qabristoniga ko‘milgan
Ignacio Marin / Anadolu / Vida Press
Ignacio Marin / Anadolu / Vida Press
Vayron bo‘lgan uylar hovlisidagi bolalar maydonchasi
Ignacio Marin / Anadolu / Vida Press

Bogorodichne qishlog‘idagi vayrongarchiliklar

Donetsk oblastidagi Bogorodichne qishlog‘i Ukrainadagi keng ko‘lamli urush davomida 14 bor qo‘ldan qo‘lga o‘tgan. 2022 yil sentabr oyi o‘rtalarida Ukraina QK qarshi hujum davomida bu joyni to‘liq ozod etgandi. Keng ko‘lamli bosqinga qadar Bogorodichneda 800 nafar atrofida odam yashagan — 2022 yil bahorida ularning qariyb barchasi qishloqdan evakuatsiya qilingandi. 2023 yil bahorida ularning ayrimlari qaytishgandi. Quyidagi suratda Bogorodichnening janglardan keyingi ko‘rinishi aks etgan. 

Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Xarkiv oblasti Kupyansk shahri atrofidagi razvedka batalyoni 

Razvedka batalyoni Kupyansk yaqinidagi o‘rmonda mustahkam o‘rnashish uchun joy qidirmoqda. Ukraina QK Kupyanskni 2022 yil sentabrida qarshi hujum yakunida ozod etgandi. Hozirda Rossiya armiyasi yana Kupyanskka shimol va sharqdan hujum qilmoqda. 2023 yil aprel holatiga ko‘ra, shaharda faqat besh ming kishi qolgandi (2020 yilda bu yerda 20,5 ming kishi yashagan). Shaharda qolganlar deyarli har kuni otishmalar ostida kun kechirmoqda
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Pozitsiyada dam olayotgan ukrain harbiylari
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
O‘rmonda topib olingan chanada uchayotgan ukrain harbiylari. Razvedka batalyoni yangi istehkom qurish uchun mos keluvchi joy qidirmoqda
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images

Mirnogradga zarba oqibatlari

Mirnograd — okkupatsiya ostidagi Donetskdan 50 kilometr masofadagi shahar. Rossiya qo‘shini uni muntazam ravishda o‘qqa tutadi. 26 yanvar kungi zarbalar oqibatida olti kishi jarohatlangan, ular orasida ikki bola bor. Quyida ushbu zarbadan keyin mirnogradliklar o‘z uylari derazalarini qanday himoyalab chiqayotgani aks etgan suratlar.

Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Mirnograd aholisi vakillari 26 yanvar kungi raketa zarbasi vaqtida shikastlangan yettita ko‘p kvartirali uylardan birining pod’yezdida. Foto: Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Mirnogradda yashovchi 67 yoshli Yelena o‘z kvartirasida turib yig‘lamoqda
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Ukraina QKning Donetsk oblastidagi ta’mirlash bazalari

Ukraina armiyasi 24-brigada harbiy xizmatchisi harbiy texnikalarni ta’mirlash ustaxonasida ishlamoqda
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina QK 92-polki jangchisi o‘ziyurar gaubitsani ta’mirlamoqda
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA
Shikastlangan o‘ziyurar gaubitsa ta’mirlash sexida
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA
Zarbaga uchragan o‘ziyurar gaubitsa yonidagi ukrainalik harbiy
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina QK 24-brigada mexanigi britaniyaliklarning «Spartan» zirhli transportyorini ta’mirlamoqda
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Yugoslaviyada ishlab chiqarilgan M-80 rusumli jangovar piyodalar mashinasi (BMP) 24-brigada sexida
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid