O‘zbekiston | 20:14 / 29.01.2024
10377
1 daqiqa o‘qiladi

Namangandan Moskvaga uchgan samolyot Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi 

Parvoz paytida yo‘lovchilardan birining tobi qochgan. 

29 yanvar kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Namangan – Moskva yo‘nalishida parvoz qilgan samolyoti Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi. 

Qayd qilinishicha, parvoz paytida yo‘lovchilardan birining tobi qochgan, shundan so‘ng ekipaj zaxira aeroporti bo‘lmish Toshkentga qo‘nish haqida qaror qabul qilgan. Aeroportga tibbiy yordam xizmati chaqirilgani ta’kidlanmoqda. 

Avvalroq, samolyot parvozi paytida qanday kasalliklar kuchayishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. 

Mavzuga oid