“O‘rmonqurilish” DUK va Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi xalqaro markaz mansabdorlari pora bilan ushlandi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“O‘rmonqurilish” DUK va Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi xalqaro markaz mutasaddilari pora olgani uchun ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik sub’yektining murojaati asosida O‘rmon xo‘jaligi agentligi huzuridagi “O‘rmonqurilish” DUK va Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida tekshirish o‘tkazilgan.
Tekshirishda ushbu tashkilotlarning mansabdor shaxslari o‘zaro jinoiy til biriktirib, tadbirkordan qurilish loyihalari bo‘yicha pudrat shartnomalarini rasmiylashtirish evaziga tamagirlik yo‘li bilan 43 ming dollar va 111,5 mln so‘mni pora tariqasida qo‘lga kiritishgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishildi.
“Agarda Siz O‘rmon xo‘jaligi agentligi huzuridagi “O‘rmonqurilish” DUK va Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazidagi xodimlarning mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish va boshqa korrupsiyaviy qilmishlarda ifodalangan noqonuniy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz Bosh prokuraturaga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Mavzuga oid
13:46 / 14.11.2024
Sirdaryoda haydovchidan pora olgan YPX xodimi qamaldi
17:40 / 12.11.2024
Andijonda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
17:42 / 05.11.2024