Jamiyat | 19:22 / 02.02.2024
13305
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda 4 ming dollarni 49,8 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi

Xabarga ko‘ra, fuqarolar A.X., M.K. va M.K. (muqaddam Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan sudlangan) jami 4000 AQSh dollarini fuqaro J.Z.ga 49,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Xuddi shunday, departamentning Urganch shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan D.B. jami 3 000 AQSh dollarini  fuqaro S.M.dan plastik karta orqali 37,1 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dallilar bilan ushlangan. 

Shu kabi, departamentining Jondor tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Q.J. (muqaddam Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan sudlangan) jami 2 800 AQSh dollarini fuqaro E.Z.ga 34,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 4 605 AQSh dollari, 10 000 Rossiya rubli va 29,6 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid