O‘zbekiston | 17:43 / 08.02.2024
6717
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida 10 dan ortiq hujjatlar imzolandi

Imzolangan hujjatlar qatorida energetika sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma ham bor.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko qo‘shma bayonot qabul qildi.

Davlat rahbarlari huzurida qator muhim ikki tomonlama hujjat va bitimlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shu jumladan:

– 2024-2025 yillarda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;

– Mahsulotlarni sertifikatlashtirish elektron tizimlarini qo‘llash to‘g‘risida bitim;

– Raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Ilm-fan va ishlab chiqarishda hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Toshkent va Minsk shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim;

– Energetika sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

– Intellektual mulk sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

– 2024-2025 yillarda sport sohasida hamkorlik dasturi;

– 2024-2025 yillarda madaniyat va san’at sohasida hamkorlik dasturi;

– 2024-2025 yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlik dasturi;

– 2024-2025 yillarda ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xarita”si;

– 2024-2026 yillarda agrosanoat majmuida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xarita”si;

– O‘simliklar karantini sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasi;

– 2024-2025 yillarda turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi.

Bundan tashqari, tashrif doirasida 2024 yilda O‘zbekiston va Belarus hududlari delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari reja-jadvali imzolandi.

Mavzuga oid