O‘zbekiston | 10:24 / 09.02.2024
4623
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2023 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 426,3 trln so‘mni tashkil etdi

Bu ko‘rsatkich 2022 yil bilan solishtirilganda 4,1 foizga oshgan.

O‘zbekistonda 2023 yilda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi ma’lum qilindi.

Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 426,3 trln so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2022 yil bilan solishtirilganda 4,1 foizga oshgan.

Qayd etilishicha, 2023 yilda O‘zbekistonda chorvachilik mahsulotlari yo‘nalishida 2,8 mln tonna go‘sht (tirik vaznda), 12 mln tonna sut, 8,5 mln dona tuxum yetishtirilgan.

2023 yilda yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari hajmi:

  • don mahsulotlari – 8,4 mln tonna;
  • kartoshka – 3,6 mln tonna;
  • sabzavotlar – 11,6 mln tonna;
  • poliz ekinlari – 2,4 mln tonna;
  • meva va rezavorlar – 3,1 mln tonna;
  • uzum – 1,7 mln tonna.

Mavzuga oid