Bog‘cha va maktablar qurish bo‘yicha buyurtmachi kompaniya tashkil etildi
Prezident qarori bilan, Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi tashkil etilmoqda. Kompaniya ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturi doirasidagi bog‘cha va maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi.
“Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasi obektlarini barpo etishda buyurtmachi xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori (PQ-65, 08.02.2024) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi tashkil etiladi.
2024–2026 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida kompaniya maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi.
Unga obektlar uchun markazlashgan holda asosiy qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarni (qurilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan mebel jihozlari va asbob-uskunalar bundan mustasno) xarid qilish huquqi beriladi.
Kompaniya obektlarning sifatini muntazam nazorat qilib borish maqsadida hududlar kesimida har beshta obektga kamida bitta texnik nazorat xodimini biriktiradi.
Kompaniyaga mahalliy va xorijiy boshqaruvchi, maslahatchilarni (PMC – Project Management Consultancy) tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflar orasidan tanlab olish va to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali jalb qilish huquqi beriladi.
- Avvalroq Zangiotadagi bog‘cha 1 yilda to‘kilib tushgan, Asakada qurilayotgan yangi maktab devorlari qurilish bitmasidan turib yorilgan, Samarqandda maktab devori o‘quvchining ustiga qulagan edi.
Mavzuga oid
16:12 / 05.11.2024
Yangiyo‘lda “dom” qurilishi ishlar sifatsiz bajarilgani uchun to‘xtatildi
15:03 / 27.10.2024
Toshkentda qurilish tashkiloti elektr tarmog‘ini uzib yubordi
14:36 / 24.10.2024
“Bir oyda foydalanishga topshiramiz” – Agrar universiteti yotoqxonasi ta’miridagi kamchiliklar bartaraf etilayotgani aytildi
15:24 / 21.10.2024