O‘zbekiston | 08:10 / 11.02.2024
8686
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zgidromet» yangi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Foto: Kun.uz

«O‘zgidormet» 12–14 fevral kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi 12 fevralda +11...+16 daraja, 13–14 fevralda +11...+16 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi 12 fevralda +12...+17 daraja, 13–14 fevralda +15...+20 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi 12–13 fevralda +12...+17 daraja, 14 fevralda +15...+20 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 13–14 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12 fevralda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 12 fevralda kechasi –1...+4 daraja, kunduzi +1...+6 daraja, 13 fevralda kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja, 14 fevralda kechasi –3...+2 daraja, kunduzi +6...+11 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid