O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 4 milliondan oshdi
1 yanvar holatiga, jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 4 020 744 tani tashkil etgan. Bu – ikki yil oldingi ko‘rsatkichdan 23 foizga ko‘p. Yengil avtomobillar soni har 1000 kishiga 98 tani tashkil etyapti.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtomobillar soni 4 020 744 tani tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Aholiga tegishli avtotransport vositalari:
- yengil avtomobillar – 3 759 045 ta;
- yuk avtomobillari – 240 917 ta;
- avtobuslar – 6 297 ta;
- mikroavtobuslar – 9 102 ta;
- maxsus transportlar – 5 383 ta.
Jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni:
- 2022 yil 1 yanvar holatiga: 3 268 470 ta (shundan 3 051 734 tasi yengil avtomobil);
- 2023 yil 1 yanvar holatiga: 3 637 119 ta (shundan 3 396 520 tasi yengil avtomobil);
- 2024 yil 1 yanvar holatiga: 4 020 744 ta (shundan 3 759 045 tasi yengil avtomobil).
2024 yilning 1 yanvar holatiga, O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 799 756 kishini tashkil etgan. Shunga ko‘ra, yengil avtomobillar soni har 1000 kishiga 98 tani tashkil etilmoqda. 2023 yilning 1 yanvar holatiga bu ko‘rsatkich 95 ta bo‘lgan.
Statistika agentligiga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekistonda 418 734 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Ularning rusumi quyidagicha:
- “Cobalt” – 118 093 dona
- “Damas” – 89 154 dona
- “Lacetti-Gentra” – 82 133 dona
- “Tracker” – 48 082 dona
- “Onix” – 30 596 dona
- “Chery” – 9 829 dona
- “KIA” – 15 036 dona
- “Exeed” – 91 dona
- “Haval” – 134 dona
- Maxsus yengil avtomobillar – 25 586 dona
Avvalroq, 2023 yilda xorijdan 73 204 ta yengil avtomobil import qilingani, bu 2022 yilga nisbatan 2,4 barobarga ko‘pligi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:45
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
11:25 / 23.12.2024
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
15:01 / 17.12.2024