O‘zbekiston | 14:14 / 12.02.2024
62643
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hududiga sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda, yana qor yog‘ishi mumkin

18–19 fevral kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati kechalari –8 darajagacha pasayadi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda havo harorati sovuq darajaga tushishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16 fevral kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17–19 fevral kunlari esa respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

16 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17–19 fevral kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) kuzatiladi, 17–18 fevral kunlarida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

16–18 fevral kunlari respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 17–22 metr/sekundga yetadi, ba’zida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

18–19 fevral kunlariga kelib, O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati kechalari –3...–8 darajagacha, kunduz kunlari 0...–3 darajagacha pasayadi. Shimolda 17–19 fevral kunlari harorat kechalari –13...–16 daraja, kunduz kunlari –5...–8 daraja bo‘ladi.

Bundan oldinroq O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid