Prezident qishloq xo‘jaligi sohasidagi kamchiliklar uchun hokimlarni tanqid qildi
Davlat rahbari agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda tannarxni kamaytirish, yuqori hosil beradigan urug‘ va ko‘chatlarni yetkazib berish, sanoat muhitini olib kirish bo‘yicha ayrim mutasaddilar va hokimlar yetarlicha ishlamayotganini tanqid qildi.
Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Ma’lum qilinishicha, sohada so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida dehqon-fermerlarning manfaati, daromadi oshib, mahsulot ko‘paydi, klaster tizimi rivojlanib, yuqori unumli texnika va chuqur qayta ishlash kirib kelgan, yangi navlar va agrotexnologiya ko‘paygan.
O‘tgan yili sohada ishlab chiqarish 4,1 foizga o‘sib, 426 trln so‘mni tashkil qilgan. Eksport esa qariyb 2 mlrd dollarga yetgan. 152 ming gektar bog‘ va tokzorlar barpo qilingan.
2023 yil ilk bor 3 mln 700 ming tonna paxta, 8 mln tonna g‘alla hosili olingan.
Yig‘ilishda yer va suv resurslari cheklangan sharoitda qishloq xo‘jaligi mas’ullari joriy yilda mutlaqo yangicha ishlashi zarurligi qayd etildi.
Tannarxni kamaytirish, yuqori hosil beradigan urug‘ va ko‘chatlarni yetkazib berish, sanoat muhitini olib kirish bo‘yicha ayrim mutasaddilar va hokimlar yetarlicha ishlamayotgani tanqid qilindi.
Joriy yilda tumanlarga hosildor urug‘larni yetkazib, dehqonlarni yangi agrotexnologiyalarga o‘qitib, paxta va g‘allada hosildorlikni yanada oshirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, o‘g‘it tannarxni 15 foizga kamaytirib, qishloq xo‘jaligini 900 ming tonna mineral o‘g‘it bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
Mavzuga oid
20:46 / 07.11.2024
Prezident 10 ta sel suv ombori qurish ishlarini boshlashni buyurdi
19:07 / 07.11.2024
2025 yilda kanallarni betonlashtirishga 800 milliard so‘m ajratiladi
18:21 / 07.11.2024
Prezident suv ta’minoti og‘ir tumanlarda sug‘orishni «aqlli tizimga» o‘tkazishni buyurdi
20:28 / 01.11.2024