Bayden ilk bor Isroilning Rafahdagi harbiy amaliyotini tanqid qildi
Amerika rahbari G‘azoda ko‘p minglab falastinliklar qurbon bo‘lganini tan oldi.
AQSh prezidenti Jo Bayden ilk bor Isroilning Rafahdagi harbiy amaliyotini tanqid qildi. Amerika prezidenti Iordaniya qiroli Abdulla II bilan o‘tkazgan matbuot anjumanida falastinliklarga hamdardlik bildirdi va anklavdagi qurbonlar sonini tilga oldi, shuningdek, Isroil o‘z amaliyotini tinch aholi xavfsizligini hisobga olgan holda amalga oshirishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
Qo‘shma Shtatlar mojaro paytida birinchi marta G‘azo sektorida o‘n minglab falastinliklar halok bo‘lganini tan oldi.
«Falastin xalqi, xuddi isroilliklar kabi, tasavvur qilib bo‘lmaydigan og‘riq va yo‘qotishlarni boshdan kechirdi. Bu mojaroda juda ko‘p, 27 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Yuz minglab odamlar oziq-ovqat, suv va boshqa asosiy ehtiyojlarga ega emas. Qarindoshlarini yo‘qotgan ko‘plab oilalar ularga motam tuta olmayapti. Ularni dafn etish ham xavfsiz emas. Bu yurakni ezadi», dedi Bayden.
Bayden Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahudan Falastinning tinch aholisi xavfsizligi uchun reja taqdim etishini kutayotganini aytdi.
Ayni paytda Rafahda bir yarim millionga yaqin odam boshpana topgan. Bular G‘azo sektorining boshqa hududlaridagi bombardimondan qochgan odamlardir. Bu shahar Falastin anklavining janubida Misr bilan chegarada joylashgan.
Bir kun avval Rafah Isroil havo kuchlari tomonidan bombardimon qilindi. Shaharga 50 dan ortiq havo hujumlari amalga oshirildi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, 160 kishi halok bo‘lgan. Ular orasida ayollar va bolalar ham ko‘p. 200 dan ortiq jarohatlangan, Rafah kasalxonalari qurbonlar oqimiga bardosh bera olmayapti. Tez yordam mashinalari, karavot va jihozlar yetarli emas.
Falastinliklar Isroilning Rafahda harbiy amaliyot boshlashini dahshat bilan kutmoqda. Bu shahar G‘azo sektori shimolida Isroil armiyasining harbiy bosqinidan so‘ng ko‘pchilik uchun so‘nggi boshpana bo‘ldi va uning atrofida qochqinlar uchun ko‘plab chodirlar joylashgan. Misr bilan chegara yopiq, odamlarning urushdan qochadigan boshqa joyi yo‘q.
Mavzuga oid
17:40 / 08.11.2024
«Makkabi» muxlislari Amsterdamda Falastin bayrog‘ini yoqib, tartibsizlik keltirib chiqarishdi va so‘ng taksichilar taqibiga uchrashdi
17:32 / 08.11.2024
Netanyahu mudofaa vazirini bo‘shatdi: bu g‘alayonlarga sabab bo‘lmoqda
14:13 / 08.11.2024
G‘azo sektorida Isroil hujumlarida 16 falastinlik halok bo‘ldi
13:58 / 08.11.2024