O‘zbekiston fuqarolarining Ozarboyjonda ro‘yxatdan o‘tmasdan yashash muddati 15 kungacha uzaytirildi
Xuddi shunday qoida O‘zbekistonga kelgan ozarboyjonliklar uchun ham amal qiladi. Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 22 avgustda Bokuga tashrifi vaqtida imzolangan tegishli hujjat 2024 yil 15 yanvardan kuchga kirgan.
1997 yil 18 iyunda imzolangan O‘zbekiston hukumati bilan Ozarboyjon hukumati o‘rtasida ikki davlat fuqarolarining vizasiz safar qilishi to‘g‘risidagi bitimga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqidagi bayonnoma kuchga kirdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV xabar berdi.
Qayd qilinishicha, bayonnoma ikki davlat fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston va Ozarboyjon hududiga kirish/chiqish, tranzit o‘tish va 15 kun muddatga vakolatli organlarda ro‘yxatdan o‘tish majburiyatidan ozod etilishi belgilangan.
Mazkur bayonnoma 2023 yil 22 avgustda Ozarboyjonning Boku shahrida imzolanib, 2024 yil 15 yanvarda kuchga kirgan.
Registratsiyadan o‘tmay yashash muddati bunga qadar O‘zbekistonda 5 kungacha, Ozarboyjonda esa 10 kungacha edi. Endilikda bu muddatlar bir xil 15 kun deb belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasida vizasiz rejim o‘rnatilgan. O‘zbekistonliklar Ozarboyjonda 90 kungacha, ozarboyjonliklar esa O‘zbekistonda 30 kungacha vizasiz qolishi mumkin.
Mavzuga oid
22:20 / 08.11.2024
Qorabog‘ safari: Jafokash Fuzuliy va yangilanayotgan Zangilon
18:48 / 05.11.2024
Green Card uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2 kunga uzaytirildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024