“Ustuvor vazifamiz – ishonchli uylar barpo etish”: FDG “Fayzli Hayot” turar joy majmuasi konsepsiyasini taqdim etdi
Komfort-klass zamonaviy kompleksi 7-metro bekati va Compass savdo markaziga yaqin hududda joylashgan.
Turar joy majmualarini loyihalash va qurishda FDG oilaviy qadriyatlardan ilhomlanib, qulaylik, funksionallik va ishonchlilikka e’tibor qaratadi. Asosiy maqsad – o‘zaro uyg‘unlikdagi qulay makon qurish va an’analarga bo‘lgan hurmat.
“Fayzli Hayot” – bu har insonning zamonaviy ehtiyojlari va individual talablarini inobatga olib yaratilgan loyiha.
Kompleks o‘zida eng yaxshi jihatlarni mujassam etgan. Birinchidan, 7-metro bekati va Compass savdo markaziga yaqin masofadagi qulay joylashuv. Shuningdek, Qo‘yliq bozori, masjid, do‘konlar, dorixonalar, kafelar, bolalar bog‘chalari va tibbiyot markazlariga yaqinligi ham afzallik beradi.
FDG “Fayzli Hayot” va o‘zining boshqa turar joy komplekslari uchun konsepsiya tanlayotganda nimalarga ahamiyat beradi?
– Birinchi o‘rinda, kompaniya yashash uchun qulay muhit yaratish tamoyiliga amal qiladi. Buning uchun biz Toshkent aholisi turmush tarzini diqqat bilan kuzatib boramiz hamda eski shahar va sovet binolarining me’moriy xususiyatlarini o‘rganamiz. Odamlarning ideal uy haqidagi tasavvurlari, mahalliy hududning qaysi elementlarini afzal ko‘rishlari va o‘z hovlilarida qanday qulayliklarni ko‘rishlarini tushunishga intilamiz. Masalan, eski shahardagi uylardan ilhomlanib, “Fayzli Hayot” turar joy majmuasi birinchi qavatidagi xonadonlar old qismida ichki hovli qismini yaratdik. Bu yerga chorpoya o‘rnatish va ochiq havoda mehmonlarni kutib olish mumkin bo‘ladi, - deydi FDG tijorat direktori Sergey Potapov.
Turar joy majmuasi ichida toza havoda mashq qilish imkoniyatini beradigan ko‘p funksiyali mashg‘ulot maydoni mavjud. Bundan tashqari, turar joy hovlisida turli yoshdagi bolalar uchun xavfsiz o‘yin maydonchalari tashkil etilgan bo‘lib, u yerda ota-onalar uchun dam olish hududlari ham tashkil etilgan.
Bonus sifatida turar joy hududiga chinor va eman daraxti ko‘chatlari ekiladi. Bu daraxtlar issiqda quyoshdan saqlanish va mikroiqlimni saqlab turishga yordam beradi.
“Fayzli Hayot” kompleksi ichki hovlisi
– “Fayzli Hayot” turar joy majmuasi ichki maydoni har bir oila a’zosining ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Bu yerda 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan yosh bolalar uchun alohida zonalar tashkil etilgan. Ular o‘yin maydonchasi va skalodrom elementlari bo‘lgan “arqon shaharcha” majmuasida vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari mumkin. Kompleksning yana bir o‘ziga xosligi shundaki, qo‘shnilar uchrashadigan kichik amfiteatr tashkil etilishidir. Ishonchimiz komilki, ahil qo‘shnichilik muhiti turar joy majmuasi uchun muhim omildir, - deydi FDG tijorat direktori Sergey Potapov.
“Fayzli Hayot” turar joy binolari derazalarga ko‘proq quyosh nuri tushishi hisobga olinib loyihalashtirilgan. Shu sababli xonadonlar qulay va shinam bo‘ladi. Ushbu qulaylik qo‘shimcha yorug‘lik manbalarini tejash imkonini beradi.
Turar joy majmualarini yaratishda FDG qanday konsepsiyaga amal qiladi?
– Kompaniyaning asosiy ustuvor yo‘nalishi – ishonchli uylar qurish. Mintaqa seysmik faolligini hisobga olgan holda, kompaniya binolarning zilzilaga bardoshlilik darajasiga jiddiy yondashadi. Masalan, “Fayzli Hayot” kompleksi 8-9 balli standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib chidamlilik kuchiga ega. Ikkinchidan, o‘z va’dalarini bajara oladigan quruvchi bo‘lish biz uchun juda muhimdir. Uchinchidan, qulay muhit yaratish. Qulaylikning ahamiyati hovli hududida ham, jamoat joylarida ham va bevosita xonadonlarda ham ko‘rinadi. FDG aholining ehtiyojlari va talablariga javob beradigan qulay, funksional muhitni yaratishga alohida e’tibor qaratadi, - deydi FDG tijorat direktori Sergey Potapov.
“Fayzli Hayot” turar joy majmuasi – har bir inson fayzi oshadigan maskan. FDG kompleksi siz va yaqinlaringiz farovonligi haqida qayg‘uradi.
Sayt: fdg.uz
Telefon: +99878-777-01-01
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
14:30 / 17.10.2023
Toshkentda Ipak yo‘li mamlakatlari direktorlarining biznes sammiti bo‘lib o‘tadi
09:01 / 12.04.2023
FDG kompaniyasi o‘z loyihalari doirasida uy-joy sotib olish uchun 20% gacha chegirmalar taqdim etadi
10:49 / 16.03.2023
FDG jamoasi Navro‘z bayrami munosabati bilan 21% gacha chegirma va qulay muddatli to‘lov imkoniyatlarini e’lon qiladi
16:40 / 20.11.2020