Ramzon Qodirovning 18 yoshli o‘g‘li vazir etib tayinlandi
Shuningdek, unga Checheniston oliy mukofoti berildi.
Rossiyaning Checheniston hududi rahbari Ramzon Qodirovning to‘ng‘ich o‘g‘li Axmat Qodirov yoshlar ishlari bo‘yicha vazir etib tayinlandi. Shuningdek, Checheniston parlamenti raisi unga respublikaning oliy mukofoti – Axmat Qodirov ordenini topshirdi.
«Axmat har qanday ishga mas’uliyatli va malakali yondashuvi bilan ajralib turadigan samarali rahbar ekanini isbotladi! U shunday qisqa vaqt ichida ko‘plab unutilmas tadbirlarni tashkil etib, yoshlar siyosatiga katta hissa qo‘shdi», dedi Checheniston parlamenti rahbari Magomed Daudov.
11 noyabr kuni Axmat Qodirov respublika Jismoniy tarbiya, sport va yoshlar siyosati vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u ikki yil davomida «Birinchilar harakati» Butunrossiya bolalar va yoshlar harakatining Checheniston viloyati bo‘limi kengashini boshqargan.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va uning rafiqasi Mednining 14 farzandi bor – sakkiz o‘g‘il va olti qiz. Ularning aksariyati respublika hukumatida yuqori lavozimlarni egallab, muntazam ravishda mukofotlarga sazovor bo‘lmoqda.
Masalan, 16 yoshli Adam Qodirov Chechenistonda bir nechta mas’ul lavozimlarga tayinlangan, shuningdek, o‘ndan ortiq davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.
2023 yil oktyabr oyida Qodirovning to‘ng‘ich qizi 24 yoshli Oysha hukumat raisining ijtimoiy blok bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi. Uning 23 yoshli singlisi Xadicha Grozniy meriyasining maktabgacha ta’lim bo‘limiga rahbarlik qiladi. Qodirovning uchinchi qizi, 21 yoshli Xutma 2023 yil mart oyida sog‘liqni saqlash sohasi kuratori etib tayinlangan edi. 19 yoshli Tabarik Qodirova «Irs Grupp» kompaniyasiga egalik qiladi. Uning faoliyati chakana savdo, rus va xorijiy brendlarni jalb qilish, mehmonxona biznesi va boshqa sohalarni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
10:47
Rossiya 145 ta dron bilan Ukrainaning yirik shaharlariga hujum qildi
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
15:10 / 09.11.2024
Rossiyada kartoshka va sariyog‘ narxi ko‘tarilishda davom etmoqda
14:30 / 09.11.2024