“Zararni Hindistondagi zavod to‘lab bersin” – “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha suddan reportaj
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha o‘tkazilgan navbatdagi sud majlisida sirop iste’molidan so‘ng nogiron bo‘lib qolgan bolalarning ota-onalari nutqi tinglandi. Ular talab qilingan kompensatsiya pullarini undirishda asosiy e’tiborni Hindiston kompaniyasiga qaratishni so‘ramoqda.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud muzokaralari davom etmoqda. 16 fevral kuni o‘tkazilgan navbatdagi sud majlisida siropdan zaharlangan bolalarning ota-onalari hamda yaqinlari nutq so‘zladi.
Nogiron bo‘lib qolgan bolalardan birining otasi Feruz Nuritdinov yetkazilgan zararni Hindiston kompaniyasidan undirib berishni so‘radi.
“Bu yerda advokatlar ko‘pchilikning aybi yo‘q deyapti. Endi aybi bormi-yo‘qmi, biz ham bilmaymiz. Lekin bolaning keyingi tibbiy muolajalarini, olgan tan-jarohatini hisobga olib, bulardan emas, o‘sha Hindistondagi zavoddan undirish choralarini ko‘rish kerak. Hozir bu yerda o‘tirganlarning ko‘pchiligi begunoh. Asosiy e’tibor Hindiston firmasiga qaratilmayapti. Agar Hindistonning dorisi mana shu yerga kelib, tarkibida zaharli modda bo‘lmaganida, hozir bu insonlar shu yerda o‘tirmagan bo‘lardi”, dedi Feruz Nuritdinov.
Shundan so‘ng yana bir jabrlanuvchining qonuniy vakili Habibullo Yo‘ldoshev gapirdi. Sud 2024 yil 19 fevralga qadar tanaffus e’lon qildi.
Navbatdagi sud muzokarasida sudlanuvchilarga so‘z beriladi.
Eslatib o‘tamiz, prokuror 68 nafar vafot etgan, 16 nafar og‘ir tan jarohati olgan bolalar uchun sudlanuvchilardan 100 mln so‘mdan, 2 nafar yengil tan jarohati olgan bolalar uchun esa 20 mln so‘mdan tovon puli undirishni so‘ragandi.
Mavzuga oid
19:12 / 31.10.2024
“Xalqimizning soddaligi sabab bo‘lmoqda”- Toshkent shahar sudi raisi Panorama Airways ishiga to‘xtaldi
14:10 / 31.10.2024
Sudgacha sanatsiya qilish jarayonida davlat tomonidan yordam ko‘rsatiladi
20:16 / 22.10.2024
Vazir “Dok-1 Maks”dan nogiron bo‘lib qolgan bolalarga yordam berilayotganini aytdi. Jabrlanuvchi ota vazirning gapini yolg‘on dedi
18:06 / 17.10.2024