Bosh vazir o‘rinbosari: Ukrainani NATOga taklif qilish kun tartibidan olib tashlanmagan
Bu yil Kiyevni NATOga taklif etish beqarorlikka qarshi himoya va keyingi yordam kafolati bo‘lishi mumkin, dedi Olga Stefanishina Myunxen xavfsizlik konferensiyasida.
Alyansning iyul oyida AQShda bo‘lib o‘tadigan sammitida Ukrainani NATOga taklif qilish masalasi kun tartibidan chiqarilmagan. Bu haqda Ukraina bosh vazirining Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi bo‘yicha o‘rinbosari Olga Stefanishina 18 fevral, yakshanba kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida ma’lum qildi. «Hech qanday kelishmovchiliklar yo‘q, bizning pozitsiyamiz aniq - Ukrainani NATOga taklif qilish kerak. Bu masala kun tartibidan olib tashlangan emas. Va u qabul qilinmaguncha kun tartibida qoladi», - deya ta’kidladi u.
Bu yil Kiyevga yuboriladigan taklif beqarorlikka qarshi ma’lum bir sug‘urta va Ukrainaga keyingi yordam kafolati bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi Stefanishina. NATOning yangi bosh kotibi bu jarayon dinamikasini o‘zgartirmaydi, deya qo‘shimcha qildi ukrainalik rasmiy. «Biz ma’lum shaxslarga tayangan davrlardan o‘tib ketdik. NATOning Vilnyus sammitida aniq dasturlashtirilgan jarayon kuzatilmoqda», - deya tushuntirdi u.
Shu bilan birga, AQShning NATOdagi doimiy vakili Juliann Smit bir necha kun oldin Ukraina iyul oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan sammitda Shimoliy Atlantika alyansiga taklif olmasligini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ittifoqchilar Kiyev bilan yaqinlashuvni namoyish etadi hamda Ukrainaning NATOdagi hozirgi maqomi va to‘liq a’zolik o‘rtasida «ko‘prik bo‘lib xizmat qiladigan aniq qadamlar» qo‘yadi. 9-11 iyul kunlari Vashingtonda ittifoqqa a’zo davlatlarning 75-sammiti bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
17:30 / 04.11.2024
YeIda NATOga qo‘shimcha ravishda xavfsizlik va mudofaa ittifoqini tuzish taklif etildi
09:30 / 01.11.2024
RF TIV Ukrainaning NATOga a’zoligi bo‘yicha «nemis modeli»ni rad etdi
16:00 / 30.10.2024
Zelenskiy Shimoliy kengashni Ukrainani NATOga taklif qilishga chaqirdi
22:49 / 28.10.2024