O‘FA hisobchisi 350 ming dollarni o‘zlashtirib, qochib ketgani haqida xabarlar tarqaldi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hisobchisi taxminan 4 milliard so‘mni (350 ming dollar) o‘zlashtirib, Turkiyaga qochib ketgani haqidagi xabar tarqaldi. Tashkilot holat yuzasidan izoh berib, o‘rganish ishlari olib borilayotganini va hali tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘radi.
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hisobchisi katta miqdordagi pulni o‘zlashtirib qochib ketgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Championat.asia’ning o‘z manbasiga tayanib yozishicha, holat o‘tgan hafta sodir bo‘lgani va O‘FA hisobchisi taxminan 4 milliard so‘m (350 ming dollar)ni o‘zlashtirib Turkiyaga qochib ketgan.
Holat yuzasidan O‘FA rasmiy munosabat bildirib, bu borada o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
«O‘FA tomonidan holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. OAV vakillaridan tekshirilmagan va hali tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz. O‘rganish ishlari yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilgach, natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi», deyiladi tashkilot izohida.
Mavzuga oid
13:30 / 17.04.2024
Bekobodda gaz zapravka sobiq hisobchisi qariyb 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi
19:04 / 16.03.2024
UZCARD O‘FA va PFL rasmiy hamkoriga aylandi
17:17 / 26.12.2023
Fayzullayev – O‘zbekistonning 2023 yildagi eng yaxshi futbolchisi. O‘FA yil laureatlarini e’lon qildi
16:24 / 19.07.2023